Xabib Nurmagomedov o‘ziga solingan jarimani to‘liq to‘lab berdi
UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Nevada shtati atletik komissiyasi qarori bilan unga solingan jarimani to‘liq to‘lab berdi. Bu haqda sportchining jamoasida ma'lum qilindi.
“Jarima to‘liq atletik komissiyaga kelib tushgan. Xabib va'da qilganidek, o‘z do‘stlari uchun ham jarimani (50 ming dollar) hamda advokat xizmatlarini (250 ming dollar) to‘lab berdi”, deyilgan xabarda.
Nevada shtati atletik komissiyasi Nurmagomedovni Konor Makgregor bilan jangdan keyin yuz bergan mushtlashuv uchun 9 oylik diskvalifikatsiya va 500 ming dollarlik jarima bilan jazolagandi. Mushtlashuvda ishtirok etgan Zubayra Tuxugov va Abubakar Nurmagomedov ham bir yillik diskvalifikatsiya va 25 ming dollardan jarima jazosi olishgan.
Nurmagomedov ijtimoiy reklamada ishtirok etib berganda, uning diskvalifikatsiya muddati qisqartirilishi mumkin edi. Biroq rossiyalik sportchi buni qilishdan bosh tortgan.
Mavzuga oid
10:59 / 24.01.2021
UFC 257. Markaziy jangda Pore Makgregorni nokautga uchratib, revansh oldi
19:10 / 29.11.2019
Makgregor qaytmoqda: u UFC afsonasiga qarshi jang o‘tkazadi
08:00 / 26.11.2019
Xabib Nurmagomedov keyingi jangini Toni Fergyusonga qarshi o‘tkazadi
14:14 / 26.10.2019