Livan armiyasi maxsus xizmati IŞID terrorçi guruhida yuqori lavozimda bölgan olti nafar xavfli terrorçini qölga oldi. bu haqda An-Nashra portali xabar berdi.
Portal xabariga köra, Livan şimolidagi Xermel tumanida ötkazilgan operatsiyada IŞID dala qömondonlaridan biri Muhammad Xolid al-Haj qölga olingan. U söroq qilinganidan söng IŞID “amiri” hisoblangan Ahmad Mansur al-Halaf va yana tört nafar terrorçi uşlangan.
Portalning bildirişiça, ularning barçasi Livanga Suriyaning Dayr-az-Zor viloyatidan qoçib ötişgan.
Fevral oyi boşida Tripoli şahrida qöporuvçilik harakatini tayyorlayotgan IŞIDning tört nafar jangarisi qölga olingandi.












