Darsliklardagi juz'iy xatolar, fakt va raqamlarning xato körsatilişi öquvçilarni çalğitmoqda, özlaştiriş darajasiga ta'sir qilmoqda. Bu borada Ma’rifat naşrida pedagog e'tirozi keltirib ötilgan.
Buxoro tumanidagi 13-IDUM öqituvçisi Usmonjon Haydarovning yozişiça, amalda qöllanilayotgan tarix darsliklarida bir neça ziddiyatli örinlar mavjud.
«Xususan, 8-sinf «Özbekiston tarixi» darsligining 115-betida Qöqon xonligi 1710 yilda taşkil topgan, deyilgan. Xuddi şu darslikning 117-betida esa bu sana 1709 yil deb körsatilgan. Eron — Rossiya uruşi (90-bet) haqida ham xuddi şunday xatolikka yöl qöyilgan. Darslikda mazkur uruş 1826 — 1829 yillarda sodir bölgan, deya yozilgan. 8-sinf «Jahon tarixi» darsligida esa bu uruş borasida 1826 — 1828 yillar körsatilgan», — deb yozadi u.
Şuningdek, muallifning bayon qilişiça, fan öqituvçilarining samarali faoliyat olib borişiga tösiq bölayotgan yana bir muammo — mavzuli xarita va atlaslarning yöqligi. Ularsiz tarixiy davlatlar, joylar, ularning hududi töğrisida tasavvur uyğotiş muşkulligidir.
Avvalroq yangi avlod darsliklarini işlab çiqiş maqsadida «Öqituvçi» naşriyot-ijodiy matbaa uyi ikki tuzilmaga ajratilib, tuzilmalardan biri ilmiy-uslubiy noşirlik markaziga aylantirilişi haqida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar bergan edi.
Agentlik boş direktori Komil Allamjonovga köra, mas'uliyatli muharrirlar va tajribali pedagoglar jamoasi birga işlaşi nazarda tutilmoqda.
«Markazda ilm-fan mutaxassislari, yuqori pedagogik tajribaga ega soha vakillari hamda mas'uliyatli muharrirlar, musahhihlar guruhi jamlanadi. Ularga yangi avlod darsliklarini işlab çiqişlari uçun barça zarur şaroit yaratib beriladi», — deb aytgandi.
Mazkur özgariş yuqoridagi singari muammolar uçun ham yeçim böla olsa ajabmas.












