Kiyevda terakt uyuştirişga tayyorlanganlikda ayblanayotgan Ukraina oliy radasi deputati Nadejda Savçenko yakşanba kuni yangi «maydon»ga çiqişga çaqirmoqda.
«Yakşanba, 17 fevral kuni soat 14.00da Mustaqillik maydoniga. Sen Ukraina fuqarosisan, sen insonsan va munosib hayot, xavfsizlik va adolat huquqiga egasan. Çetda tursak sönggi narsani yöqotamiz», - deyiladi Savçenko fotosurati joylangan xabarda. Uşbu çaqiriq Nadejdaning singlisi Veraning sahifasida joylaştirilgan.
Ukraina boş prokuraturasi talqiniga köra, Savçenko parlament binosi va hukumat kvartalida teraktlar uyuştirişni rejalaştirgan. U beş yildan to umrining oxirigaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.
Kiyevdagi boş maydon – Mustaqillik maydoni 2013 yil 21 noyabrda Yevropa bilan birlaşiş tarafdorlari tomonidan egallangandi. Keyinçalik maydonda kuç tuzilmalari va muxolifatçilar örtasidagi töqnaşuvlarda 100dan ortiq kişi halok bölgan.


















