Hukumat qarori bilan Tuğilganlikni qayd etiş böyiça davlat xizmatni körsatişning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram-kanalida xabar qilindi.

Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari orqali markaz binosida joylaşgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş bölinmalari tomonidan körsatiladi.

Davlat xizmati bola tuğilgan joydagi yoki ota-onasidan birining doimiy yaşaş joyidagi Davlat xizmatlari markazida özi kelgan holda amalga oşiriladi hamda markaz xodimi tomonidan elektron şaklda sörovnoma töldiriladi.

Sörovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinişi lozim:

  • tuğilganlik haqidagi tibbiy ma'lumotnoma;
  • ota-onalarning şaxsini tasdiqlovçi hujjatlar;
  • nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma.

Davlat xizmati uçun eng kam oylik iş haqining 15 foizi miqdorida (30 409 söm) gerb yiğimi undiriladi.

Quyidagilar davlat xizmatini körsatişni rad etiş uçun asos böladi:

  • sörovnomada notöğri ma'lumotlar körsatilişi;
  • hujjatlar töliq taqdim etilmaganligi;
  • davlat xizmatlari körsatiş uçun tölovni tölamaslik.

Markaz xodimi tomonidan hujjatlar rasmiylaştirilib 2 soatda tegişli FHDYo bölinmalariga taqdim etiladi.

FHDYo bölinmalari hujjatlarni olganidan söng 2 iş kunida bolaga nisbatan tuğilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini rasmiylaştiradi hamda 1 soatda Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.