Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AKFA universitetida O‘zbekiston fuqarolarining bepul ta'lim olishi ta'minlanadi
2019 yilning 1 sentyabridan Toshkent shahridagi oliygohlar soni yana bittaga ko‘payadi. AKFA universiteti 2019-2020 o‘quv yilida 200 nafar talabani qabul qiladi. Bu va boshqa ma'lumotlarga poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan AKFA universiteti ochilishi bo‘yicha matbuot anjumanida batafsil to‘xtalib o‘tildi.


Ahamiyatli tomoni, kvotaga ko‘ra 100 nafar o‘zbekistonlik talaba bepul, 100 nafar xorijlik talaba esa to‘lov-shartnoma asosida tahsil oladi.
Universitet fundamental, tibbiyot, aniq va gumanitar fanlar sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi.


Ta'lim maskani xorijiy mutaxassislarni, shunigdek, xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizni jalb etgan holda yetakchi xorijiy oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, xususan, Koreya Respublikasining Gachon universiteti bilan keng hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.


Oliygohda ta'lim jarayoni ingliz tilida tashkil etiladi va 6 yil davom etadi: 2 yil tibbiy tayyorlov kurslari, 4 yil tibbiy kurslar.
Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e'tirof etiladigan diplom beriladi.
Universitetda ta'lim olish kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.

O‘quv maskani binosi Shayxontohur tibbiyot kolleji binosi o‘rnida joylashadi. Rekonstruksiya ishlari va texnik ta'minot uchun mazkur loyihaga 5 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritiladi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
18:00 / 27.06.2023
Markaziy Osiyoda ta’limning yangi davri: AKFA universiteti Central Asian University (CAU)ga o‘zgartirildi
16:50 / 16.06.2023
AKFA universitetida grant olish imkoniyatlari: muvaffaqiyatli ta’lim uchun moliyaviy yordam
20:00 / 21.04.2021
AKFA Universiteti Times Higher Education Impact Ranking reytingiga kirdi
12:00 / 11.03.2021