Suriya prezidenti Başar Asadning aytişiça, Suriya konstitutsiyaviy komissiyasining muxolifatdan ikkinçi qismi Suriya xalqini emas, balki Turkiya nuqtai nazarini bildiradi. 

Suriyada konstitutsiyaviy komissiyasi taşkil etiş qarori 2018 yil yanvarda Soçida ötgan Suriya milliy muloqot kongressida qabul qilingandi.

Asadning aytişiça, Suriya hukumatining komissiyadagi vakillari Suriya davlati va Suriya xalqining katta qismi fikrini bildiradi.

“Boşqa bir tomon bölib, u mantiqan Suriya xalqining davlat nuqtai nazariga norozi bölgan ikkinçi qismini taqdim qilişi kerak. Biroq, bizga ma'lumki, bu tomon Suriya tomonini ham, özini ham bildirmaydi, u turk davlatini bildiradi. Savol: biz bu komissiyada Suriya konstitutsiyasini muhokama qilmoqdamizmi yoki Turkiyanikimi?”, deb aytgan Asad mahalliy munitsipal kengaşlar rahbarlari oldidagi nutqida. 

Asadning ta'kidlaşiça, Jyenevada 2012 yilda Suriya böyiça boşlangan siyosiy jarayon Suriyaga qarşi davlatlar sababli heç narsaga erişmagan. “Bizga qarşi davlatlar istalgan jarayonga, u jiddiy bölsa ham, qat'iyan xalaqit bermoqdalar, misol uçun ijobiy va muvaffaqiyatli bölgan Soçi va Ostonadagi jarayonlarga”, deb ta'kidlab ötgan Asad. 

Asad uşbu nutqida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanni “Amerikaning mayda malayi” deb atagan.