Chorvachilik va parrandachilik yetti xazinaning biri. So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda ham ayni shu soha rivojiga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Yirik va mayda shoxli qoramol, baliqchilikka ixtisoslashgan klasterlar paydo bo‘lyapti. Shu bilan birga, qishloq joylarda istiqomat qiluvchi oilalarda sigir, ho‘kiz, qo‘y-qo‘zi boqish amaliyoti o‘zining dolzarbligini yo‘qotmagan.

Shuning barobarida falon davlatda bitta sigirdan bir kunda falon litr sut olishadi, 1 tonna, 1,5 yarim tonna go‘sht beradigan buqalar bor, yo bo‘lmasa, bir gektar hovuzda 300 tonnagacha baliq yetishtirishmoqda, degan gaplar qulog‘imizga bot-bot chalinmoqda.

Xo‘sh, bizda shunday natijalarga erishish mumkinmi?

Boshqa sohalarda bo‘lgani kabi bu sohada ham hosildorlikni oshirish bo‘yicha turli samarali yechimlar taklif etilayotgani «ha, erishish mumkin», deya baralla aytish imkonini beradi. Xalqimiz, «Sigirning yeliniga qarama, yemiga qara», degan maqolni bekorga aytmagan.

Bozorda esa, kepak-kunjaradan tortib, presslangan yemgacha topiladi. Ammo, ularning barchasi ham siz kutgan yoxud xarid qilayotganingizda aytilgan samarani bermaydi. Buning sababi nimada? Siz xarid qilayotgan yemlar yetarli kaloriyaga ega bo‘lmasligi, oqsil, uglevod, vitamin va minerallarga boy emasligi chorvangiz yoki baliqlarning o‘sishi, vazn to‘plashiga aks ta'sir ko‘rsatadi.

Tas-IX

YouTube

Toshkent viloyati Qibray tumanida faoliyat yurituvchi BDK feed mas'uliyati cheklangan jamiyati O‘zbekistonda aynan yem ishlab chiqarish sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy qilib, yuqorida sanab o‘tganimiz kamchiliklarni bartaraf etgan holda mahsulot ishlab chiqarayotgan korxona hisoblanadi.

«Sifat, natija, kafolat» so‘zlarini o‘ziga dasturilamal qilib olgan MChJ havaskor chorvadordan tortib, yirik klasterlar uchun samarali, foydali, tez hazm bo‘ladigan, o‘zlashtirish darajasi yuqori bo‘lgan, vitamin va minerallarga boy omuxta yem mahsulotlarini taklif etadi.