Polşa boş vaziri Mateuş Moravetskiy “Vişegrad guruhi” (Polşa, Vengriya, Çexiya va Slovakiya) davlatlari va Isroilning uçraşuvi ötadigan Al-Qudsga safarini bekor qildi. Uçraşuv 19 fevralga belgilangan.
Bu haqda boş vazir devonxonasi rahbariga iqtibos keltirgan holda Polşa televideniyesi ma'lum qildi.
Ta'kidlanişiça, Polşadan uçraşuvda mamlakat taşqi işlar vaziri Yatsek Çaputoviç iştirok etadi.
Taxmin qilinişiça, Moravetskiyning safarini bekor qilişiga Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxuning “polyaklar Ikkinçi jahon uruşi vaqtida natsistlar bilan hamkorlik qilgani” haqida OAVda e'lon qilingan bayonoti sabab bölgan.
Polşa prezidenti Anjyey Duda 2018 yil iyunda polyaklarning xolokostda ayblanişi böyiça jinoiy jazoning bekor qilinişini közda tutuvçi qonunni imzolagandi.












