5 yil muqaddam, 2014 yilning 18 fevralidan 21 fevraliga qadar bölgan kunlarda Ukraina poytaxti Kiyev şahrida Yevromaydonning kulminatsion voqealari bölib ötgan, namoyişçilar parlamentni qamal qilgaç, politsiya bilan töqnaşuvlar kelib çiqqan va yuzdan ortiq kişi halok bölgandi. Bu voqealar rivoji Ukrainaning öşa vaqtdagi prezidenti Viktor Yanukoviçning qoçib ketişi, Qrim Rossiya tomonidan egallab olinişi hamda Ukraina janubi-şarqidagi qurolli nizolar avj olib, tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi hamda Lugansk xalq respublikalari taşkil etişi bilan davom etadi. Quyida öşa uç kunlik voqealar xronikasi keltiriladi.

Ukraina va Yevropa ittifoqi örtasidagi assotsiatsiya haqidagi kelişuv öşa vaqtdagi hukumat tomonidan töxtatib qöyilişiga javoban Kiyevda ommaviy namoyişlar 2013 yilning 21 noyabrida boşlangandi. Keyingi bir neça oy davomida namoyişçilar kuç bilan tarqatib turiladi, mitinglar ötkaziş qoidalari buzilişiga qarşi jazo çoralari kuçaytiriladi, Viktor Yanukoviç muxolifat vakillari bilan muzokara ötkazadi va koalitsion hukumat tuzilişiga ham va'da beradi. Ammo 2014 yilning 18 fevralida vaziyat tubdan özgaradi.

Öşa kun tongida namoyişçilar Maydondan Oliy rada binosi tomon yuriş boşlaşadi - taşkilotçilar bu yurişni «tinç hujum» deb ataşgan. Ammo bu yuriş «maydonçilar» va kuçişlatar tuzilmalar hamda hukumatparast namoyişçilar (tituşkilar) örtasidagi jangga aylanib ketadi.

Minglab namoyişçilar Institut köçasi böylab ötişadi, keyin politsiya tösiğini yorib ötib, Gruşevski köçasiga çiqişadi, Ukraina hukumati hamda parlament binosi aynan şu köçada joylaşgandi.

Bu vaqtda yaqin atrofdagi köçalarda - Şelkoviçnaya, Lipskaya köçalari hamda Krepostnoy tor köçasida ham töqnaşuvlar bölib ötgan, politsiyaçilar hamda «tituşkilar» namoyişçilarni çekintirib, avvaliga Gruşevski köçasidagi barrikadalarni, keyin esa «maydonçilar» 19 yanvar kunidan buyon qölda tutib turgan «Ognekreşçeniya»ni qölga olişadi.

Mariinsk parkida ham töqnaşuvlar bölib ötadi va bu yerda ham «maydonçilar»ga qarşi huquq-tartibot organlari «tituşkilar» kömagida kuraş olib borişadi.

Öşa kungi töqnaşuvlarda niqoblar taqqan va bitalar tutgan «tituşkilar» «maydonçilar»ni surib taşlaşadi. Ular öqotar qurollar işlatgani haqida ma'lumotlar mavjud.