Özbekistonda ayollarda uçraydigan baçadon böyni saratonining oldini olişga yönaltirilgan Odam papillomasi virusiga qarşi vaksina joriy qilinmoqda. Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmatining xabar berişiça, vazirlikda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti, YUNISEF va YuNFPAning Özbekistondagi vakolatxonalari vakillari iştirokida ötkazilgan tadbir davomida şu haqida ma'lum qilingan. 

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) ma'lumotlariga köra, har yili dunyo miqyosida 370 mingdan ziyod ayolda baçadon böyni saratoni birinçi bor qayd etiladi, şulardan 190 ming nafari uşbu kasallik oqibatida vafot etadi. 

Baçadon böyni saratoni Özbekistonda eng köp uçraydigan saraton kasalliklari orasida ikkinçi örindadir. Kasalliklar orasida xavflilik körsatkiçi böyiça esa baçadon böyni saratoni barça yoşdagi ayollar örtasida kökrak bezi va oşqozon saratoni xastaliklaridan keyin uçinçi örinda va tuğiş yoşidagi ayollar orasida baçadon böyni saratonidan ölim körsatkiçi ikkinçi örinda turadi. 

Şunday qilib, papilloma virusi kasalliklarining salmoği yuqori bölib, uning oldini oliş uçun samaradorligi yuqori va xavfsiz bölgan odam papillomasi virusi vaksinasi bilan emlaş orqali baçadon böyni saratoni bilan kasallanişning kamayişiga erişiş mumkin.

"2006 yildan boşlab qizlar dunyo miqyosida OPVga qarşi vaksina bilan emlanadi, — dedi JSSTning Özbekistondagi vakolatxonasi mas'ul xodimi Kamola Safayeva. — Yuzdan ortiq mamlakat undan foydalaniş uçun ruxsat olgan, ulardan 74 tasi vaksinani özining milliy emlaş kalendariga kiritgan. Köp yillik örganişlar vaksinaning samarasi 10 yildan ortiq ekanini körsatmoqda. Köpçilikni vaksina qizlarning reproduktiv faoliyatiga salbiy ta'sir körsatmaydimi, degan savol qiziqtirişi tabiiy. Jahonda ötkazilgan tajribalardan ma'lum bölişiça, uşbu vaksina qizlarni nafaqat baçadon böyni saratonidan himoyalaydi, balki ularning soğliğini yanada mustahkamlaydi".

"Milliy emlaş kalendari böyiça yurtimizda bolalar davlat hisobidan 12 ta boşqariladigan infeksiyaga qarşi profilaktik emlanadi, ularni qöllaş evaziga köp yillardan buyon qator kasalliklarning oldi olinyapti, — dedi Soğliqni saqlaş vazirligi Sanitariya-epidemiologiya nazorati boş boşqarmasi boşliği örinbosari Dilorom Tursunova. — OPVga qarşi vaksinaning joriy qilinişi esa baçadon böyni saratoni kasalligining oldini olişga xizmat qiladi. Joylarda Global vaksina va immunizatsiya alyansi yordamida qurilayotgan muzlatgiçli omborlarda vaksinalar sifatli saqlanadi va tarqatiladi. Vaksinalar joriy yilning birinçi yarmida yurtimizga olib kelina boşlaydi va oktabr oyidan boşlab 400 ming nafarga yaqin 9 yoşli qizlar maktablarda va tibbiyotning birlamçi böğinlarida emlanadi".