Giyohvandlik — aqldan oziş, murdadek yaşaş degani. Bugungi kunda asr vabosiga aylangan mazkur illat yoşlar örtasida kun sayin keng quloç yozib bormoqda. Agar giyohvand moddalar tarixiga nazar solsak, bundan 600 yil ilgari foydalanilgan. XIX asrga kelib, uning tarqalişi tezlaşgan va oğriq qoldiruvçi sifatida işlatilgan. XX asr boşlarida esa dunyoning köp davlatlarida aholi örtasida avj olib, kasallik sifatida namoyon bölgan. Bu giyohvand vositalari qöşni Afğonistonda yetiştirilib, qayta işlanib, zaruriy kimyoviy moddalar aralaşmasi qöşilib, qöşni Qirğiziston va Tojikiston Respublikalari orqali yaşirin holda turli yöllar bilan respublikamiz hududiga kirib kelmoqda. Buning oqibatida aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida giyohvandlik illati ildiz otyapti.

Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşida “Yoşlar — narkotik va giyohvandlikka qarşi” mavzusida davra suhbati ötkazildi. Unda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi, Özbekiston Respublikasi narkotik moddalar ustidan nazorat qiliş Milliy Markazi, Yoşlarga ijtimoiy-psixologik xizmat körsatiş markazi, Toşkent şahridagi ta'lim muassasalaridagi yoşlar yetakçilari, malakali psixologlar hamda faol yoşlar iştirok etdi.

Muloqot davomida amalga oşirilayotgan profilaktik tadbirlar tahlil qilinib, salbiy illatlarning oldini olişda innovatsion loyihalar hamda yoşlar bilan uşbu yönalişda individual işlaşning dolzarb vazifalari töğrisida fikr-mulohazalar yuritildi. Şuningdek, yoşlarimiz örtasida narkotikka va giyohvandlikka qarşi samarali kuraşişning innovatsion yöllari va vositalari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

— Bizga murojaat qilgan aksar ota-onalar farzandimni bu yölga kirganini sezmay qolganini aytişadi. Buni bilmay qoliş mumkin emas, – deydi Toşkent tibbiyot akademiyasi psixiatriya va narkologiya kafedrasi mudiri Zarifjon Aşurov. — Psixotrop moddalarni qabul qilayotgan yoşlardagi birinçi belgi öqişining pasayişi, turmuş tarzi va kayfiyatidagi özgaruvçanlik holatlarida kuzatiladi. Keyingi alomati yuz va közlarida qizariş, uyqusining almaşişida bilinadi. Bu kasallikni davolaşni qança erta boşlasak, samarasi ham şunça yaxşi böladi. Davolaşda töğri yondaşuv juda muhim. Bunda ota-ona va bemorning yaqinlari uni soğlom hayotga qaytişiga umid uyğota olişi, jamiyatga qöşilişiga kömaklaşişi lozim.