Soliq siyosatida yuz berayotgan özgarişlar, jumladan kiçik sanoat zonalari bilan keçayotgan holat e'tiborimizni tortdi. Bu haqda bir qança maqolalar e'lon qilindi. Muxtasar qilib aytganda, kiçik sanoat zonalarini boşqaruvçi direksiya ─ davlat unitar korxonalari 2019 yildan e'tiboran yer, suv, mulk va qöşilgan qiymat soliği tölovçisiga aylandi.
Bu bilan ularning xarajatlari ortib bormoqda. Xususan, Yakkasaroy kiçik sanoat zonasi DUKning soliq xarajatlari 19 baravarga oşgan bölib, uning tadbirkorlarga körsatayotgan xizmat narxlari 500 baravarga ortgan.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Bu xususida tadbirkorlar quyidagi fikrlarni bildirişdi:
«Fevral oyidan beri Yakkasaroy kiçik sanoat zonasida faoliyat yuritib kelaman. Qadoqlaş mahsulotlari uçun qoliplar işlab çiqaramiz. 2014 yilda işlab çiqarişni boşlagan vaqtimizda hukumat tomonidan kiçik sanoat zonalarini oçiş böyiça qulay şaroit va ijara asosida binolar taqdim etilgan edi.
Bu soha heç bir öquv yurtida örgatilmaydi, u faqat tajribaga asoslanadi. Asosan 25 yoşgaça bölgan bolalar işlaydi. Maktabda öqib yurgan çoğidanoq biz bilan işlayotganlar, oila qurganlar ham bor.
Işçilarning iş şaroitini yaxşilaşga doimo harakat qilamiz. Binoda iş boşladik, ijara xarajatlarini ham töladik, 2019 yilga kelib esa kiçik sanoat zonalarining xarajatlari keskin oşdi. Bu kiçik sanoat zonasiga yuklangan soliqning 19 baravar, ya'ni ötgan yili 1 milliard, hozir esa 19 milliard oşganligi va xarajatlarning köpayganligi bilan boğliq deb körsatişdi.
Mavzuga oid
Bu holat mahsulot tannarxining ham keskin ortişiga olib keladi. Kiçik sanoat zonalari uçun belgilangan yer, mulk va boşqa soliqlarni qayta çuqur örganib, körib çiqişlarini, yengillik berilişini istardik. Yana ön yil işlaşlaringiz mumkin, deb va'da qilişgan. Hozir xususiylaştiriş imkoniyatlari berilyapti. Biz şu yerda işimizni davom ettirmoqçimiz. Işlab çiqariş tuşumlarini köpaytirmoqçimiz, iş örnini 100tadan oşirmoqçimiz», ─ deydi ulardan biri.
Boşqa tadbirkor esa 4-5 yil içida DUK juda köp ta'mirlaş işlarini bajargani, endilikda texnopark tomonidan ham, korxonalarning özi iştirokida ham yöllar töliq ta'mirlanganini aytdi. Ammo xarajat nega oşganini u ham bilmaydi.
─ Bizning faoliyatimiz 3D printer işlab çiqariş bölib, şu bilan birga, Yaşnobod innovatsion parkining rezidenti hisoblanamiz. Bu yangi yönaliş hisoblanadi. Yaşnobod sanoat zonasidagi şaroitlar, ijara va soliq xarajatlari bizga ma'qul kelgandi, aynan şu yönalişda işlab, uni rivojlantirişga biz uçun zamin bor edi. Lekin hozirgi kunga kelib, Yakkasaroy kiçik sanoat zonasidagi ekspluatatsiya xarajatlari deyarli 5 baravar oşib ketganligi qiyinçilik tuğdirmoqda. Çunki 3D printerlardan foydalaniş hali ommalaşmagan, uning sotilişi uzluksiz emas, donada işlab çiqaramiz. Xarajatlarning ortganligi mahsulot har bir donasining narxiga ta'sir qiladi, tannarx oşib ketadi. 4-5 yil içida juda köp ta'mirlaş işlari bajarilgan. Texnopark tomonidan ham, korxonalarning özi iştirokida ham yöllar töliq ta'mirlangan, binolarning fasadlari böyalgan, ta'mirtalab binoning özi qolmagan. Ammo hozirgi xarajatlar röyxatida 6 mlrd söm ta'mir işlari uçun deb belgilangan. Bu juda katta miqdor, uni kamaytiriş kerak.
«Tadbirkorlik bilan şuğullanaman. Özbekistonda mebel furniturasini işlab çiqarişni boşlagan dastlabki firmalardan bölganmiz. Mebel furniturasini çetdan olib ketiş ança kamaygan, mahalliy mahsulotdan foydalaniş sezilarli darajada ortgan. Lekin biz hozir özimizni aldangandek his qilyapmiz.
Men nafaqat özim haqimda, balki şu sanoat zonasidagi barça tadbirkorlar haqida gapiryapman. Bizga 10 yil muqim iş şaroiti haqida va'da berişgandi. Jamoa yiğdik, pul tikdik, kelajagimizga işonib iş boşladik. Hozir esa xarajatlarni 5 baravarga oşirişyapti, bu faoliyatimizga jiddiy salbiy ta'sir körsatadi. Ehtimol, iş örinlarini qisqartirişimizga töğri kelar... Xullas, işning keyingi borişi katta söroq ostida. Agar bu zonadan köçib ketişga töğri kelib qolsa, faoliyatimni butunlay töxtatişga ham majbur bölişim mumkin. Boşqa joyga köçiş katta mehnat va qöşimça pul talab qiladi. Köpgina tadbirkorlar firmasini yopişdan boşqa çorasi qolmaydi», ─ zona iştirokçisi bölgan tadbirkor.
Kiçik sanoat zonasida turli yönalişda işlab çiqariş bilan şuğullanayotgan tadbirkorlar iş boşlagan. Ularning biri energetika tizimlari uçun qismlar işlab çiqaruvçi korxona rahbari Xurşid Matmurodov.
Xurşid Matmurodov
─ Elektroqurilmalar işlab çiqaramiz. 2013 yilda iş boşlaganmiz. Korxona oçilganda DUK hududi juda yomon holatda edi. Bor kuçimizni yönaltirib, işçi kuçi, qurilma olib kelib, vaziyatni yaxşiladik. 2019 yilga kelib hali aniq narx-navo haqida gap yöq, lekin Yakkasaroy kiçik sanoat zonasi rahbari Ilhom akaning aytişiça, 8000-7800 söm atrofida öynab turibdi. Tadbirkorlarga aniq hisob-kitoblarni körsatişgani yöq.
Qandolat işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi tadbirkor esa «boltadan tayyor bölgan şörva» haqida sözlab berdi.
─ 2011 yildan beri korxonamiz faoliyat körsatadi. Qandolat mahsulotlari işlab çiqaramiz. Şartnomada 10 yil davomida ijara haqqi oşmasligi körsatilgan edi. «Sizlarga tegişmaydi, rivojlanib olasizlar», degan gapga qiziqib iş boşladik. 1,5-2 yildan beri turli muammolarni hal qiliş bilan vaqt ötkazdik.
Qandolat savdosi şunaqaki, bozordan bir çiqib ketsangiz, qayta kiriş qiyin. Muammolar yuzaga kelsa ham, ijarasi, ekspluatatsiya xarajatlari arzon, deb özimizni ovutardik. Bunaqa narx qöyadigan bölişsa, bizga qiyin böladi, sinişimiz heç gap emas. Davlatning rivojlanişi uçun qilinmaganmi bu loyiha? 10 yil uçun hisob-kitobni qilişgan, oxirigaça şu 1640 söm narxga tegişmasin endi. Faqat men emas, qança tadbirkor soliq tölayapti, iş örni yaratyapti. Endi tarvuzimiz qöltiğimizdan tuşib, qolaveramizmi? Bu yerga kelib, hozirgi vaziyatga erişgunça «boltadan şörva» qildik öziyam.
─ «Osiyo saxovat» korxonamiz 2014 yilda birinçilardan bölib şu texnopark hududida taşkil etilgan. Vaziyat juda abgor, qörqinçli filmlar suratga olinadigan maydonçaga öxşardi. Faoliyatimiz oşxona mebellari işlab çiqarişga asoslangan. Hozirga kelib ijara masalasi katta muammo bölib turibdi. Narxni 6600 qilib belgilaşadi, degan gap yuribdi. Texnoparkning hududi juda katta, 62 gektarni taşkil qiladi. Yillik yer soliğining özi 3,5 milliard sömga teng keladi. Binolar köp, mol-mulk soliği ham ançaga borib qoladi. Çetdan keltiriladigan import tovarlardan qolişmaydigan mahsulot işlab çiqarişimiz mumkin, lekin tannarx oşgani hisobiga narxi ham qimmatlaşadi.
Çet davlatlardan, Qozoğiston, Qirğizistondan takliflar bölyapti. Kelinglar, joy qilib beramiz, binoni ham qurib beramiz. Bizda işlab çiqariş rivojlanmagan hududlar bor, kelib rivojlantiringlar, deyişyapti. Ijara muammosi hal bölsa, albatta, şu yerda qolib, öz mamlakatimizga foyda keltirişni istaymiz.
Sangtaroş usta esa hali iş faoliyatini yölga qöyişga ham ulgurmagani haqida gapirdi.
─ Toşlardan işlov berib, marmar gullar tayyorlaş bilan şuğullanamiz. Bir yildan beri ta'mir işlarini olib borayotgandik. Iş boşlaganimizga 4-5 kun böldi. Binoning tomlari umuman yöq, atrofda çiqindi bor edi, hammasini öz çöntagimizdan pul çiqarib töğriladik. Endi iş boşlaymiz deb turganda tölovlarimiz 5 baravarga oşib ketdi.
Qurilmalarni olib kelib, joylaştirsak, nima böladi, özini oqlaydimi, qarzga tuşmaymizmi, sarflagan pulimizni çiqarib olişning imkoni bormi, deb öylanib turibmiz. Heç bölmasa, sarflagan pulimizni çiqarib olgunça narxlarni tuşirişlarini iltimos qilardik. Narxlarning bunday özgarişi bankrotlikka olib keladi xolos.
Mazkur masala yuzasidan Davlat soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari Mubin Mirzayev şunday dedi:
«Jahon tajribasini köradigan bölsak, sanoat zonalari tadbirkorlikni maksimal eksportga yönaltiriş uçun taşkil qilinadi. Öşa zonada işlaydiganlar hamma soliqlardan ozod qilingan, bemalol eksport qilib, raqobatbardoş sub'yektga aylanişi kerak. Eksport bilan şuğullanadigan tadbirkorlarni hamma soliqlardan ozod qiliş borasida Moliya vazirligi bilan iş olib boryapmiz. Içki bozorga mahsulot sotadiganlar esa hamma soliqlarni tölaydi. Bu erkin iqtisodiy bozordagilarning aksariyati mahsulotini içki bozorga sotyapti. Eksport bilan şuğullanayotganlar kam. Şu nuqtai nazardan kiçik sanoat zonalarining faoliyatini, ularga belgilangan soliqlarni qayta körib çiqişimiz kerak».
Davlat soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari Mubin Mirzayev
─ Bu yerda nafaqat eksportga yönaltirilgan tovarlar, balki import örnini bosuvçi mahsulotlar ham işlab çiqariladi. Kiçik sanoat zonalari örta va kiçik tadbirkorlik uçun berilgan, ularga imtiyozlar bor, soliqlardan ozod etilgan. Lekin zonani boşqarayotgan direksiyaning özida soliq yuki baland.
─ Biz eksportga yönaltirilgan sohani rivojlantirişni aniq maqsad qilib olişimiz kerak. Import örnini bosuvçi mahsulot işlab çiqariş esa kiçik soha, unda rivojlaniş zör bölib ketişi kamdan-kam uçraydi. Eksport bilan şuğullanadigan korxonalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyormiz. Ular ham içki, ham taşqi bozorda raqobatbardoş bölişi kerak. Import örnini qoplaydigan sohani qöllab-quvvatlaymiz, deb ança yillar imtiyoz berdik, lekin rivojlantira olmadik, samara körinmadi.
Qars ikki qöldan çiqadi, davlat soliq qömitasi öz pozitsiyasini qat'iy belgilab olgan. Tadbirkorlar esa masalaning boşqa xatarli tomonlarini körmoqda. Menimça, barçasi bozorda hal böladi, kimning tutgan yöli haq ekanligini bozor aniqlab beradi.