Toşkent davlat agrar universiteti rektori, akademik Botirjon Sulaymonovning AQŞga taşrifi davomida Özbekiston qişloq xöjaligi uçun kadrlar tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş hamda ta'lim sohasidagi hamkorlikni kuçaytiriş maqsadida Missisipi ştati universiteti va Toşkent davlat agrar universiteti örtasida ikki tomonlama hamkorlik töğrisida kelişuv imzolandi. 

Endilikda özbekistonlik talabalar Missisipi ştati universitetining turli yönalişlari böyiça amaliyot ötkazişlari, professor-öqituvçilar esa AQŞda malaka oşirişlari, şuningdek, AQŞning yuqori malakali mutaxassislarini Toşkent davlat agrar universitetida öquv jarayoniga jalb etiş va ikki tomonlama diplom beriş qöşma dasturlarni joriy etiş yölga qöyiladi. 

Şuningdek, Botirjon Sulaymonov Missisipi ştatining Alkorn universiteti prezidenti D.Li va Şimoli–Ğarbiy kollej prezidenti Ş.Makkey bilan uçraşdi. Uçraşuvlar davomida Toşkent davlat agrar universiteti hamda Şimoli–Ğarbiy kollej va Alkorn universitetlari örtasida talabalar va professor-öqituvçilar almaşuvini amalga oşiriş, ikki tomonlama diplom beriş qöşma dasturlarni joriy etiş, qişloq xöjaligi sohasidagi professor-öqituvçilari ToşDAUda ma'ruzalar öqişlarini, şu jumladan vebinarlarni joriy etişga kelişib olindi. 

Aprel oyida Missisipi ştati universiteti rahbariyati Özbekistonga taşrif buyurişi amalga oşirişi rejalaştirildi. Uşbu taşrif davomida Toşkent davlat agrar universiteti hamda Missisipi ştatining Alkorn universiteti va Şimoli–Ğarbiy kollej örtasida şartnoma va yöl xaritalari imzolanişi kelişib olindi.