AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlar Venesuelada hokimiyat tinç yöl bilan özgarişi tarafdori, lekin «barça variantlar» ham istisno etilmaydi. Uning çiqişi CNN telekanali tomonidan translatsiya qilindi.
Ta'kidlanişiça, davlat rahbari Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qöllab-quvvatlayotgan barça amaldorlar va harbiy xizmatçilarga murojaat bilan çiqqan.
«Sizlar Guaydoning amnistiya töğrisidagi saxiy taklifini qabul qilib, öz oilangiz bilan tinç yaşaşingiz mumkin», - dedi Tramp.
Uning qöşimça qilişiça, agar ular bundan keyin Maduroni qöllab-quvvatlaşni davom ettirsa, «oson yeçim» va «xavfsiz boşpana» haqida öylamasliklari ham mumkin, sababi ular «hamma narsani yöqotadi».
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ venesuelalik generallar muxolifat bilan maxfiy muzokaralar olib borayotgani haqida bayonot bergandi.













