Xitoy Rossiyaga buyurtma bergan, ammo böronda qolgan S-400 tizimi zenit raketalari yöq qilindi, dedi «Rostex» boş direktori Sergey Çemezov.

«Barçasi yetkazib berilişi lozim edi. Afsuski, halokat yuz berdi. Bu raketalarni olib ketayotgan kema böronga duç keldi. Barça raketalarni yöq qilişimizga töğri keldi»,— dedi u.

Hozirda yöq qilingan raketalar örniga yangilari tayyorlanmoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2017 yil dekabri oxirida S-400 raketalari yuklangan kema Ust-Lug portidan Xitoy sari yölga çiqqan. Kema La-Manş böğozi hududida kuçli böron ostida qolgan va unga ortilgan yuklarga zarar yetişi oqibatida kema ortga qaytgan.