Aurus markasi işlab çiqaruvçilari kompaniyaning 36 foiz aksiyasi BAAda joylaşgan Tawazun investitsiya jamğarmasiga sotilganini e'lon qilişdi.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, Aurus sedani va yöltanlamasi BAA transport bozorida paydo bölgaç, katta talabga ega böladi. Joriy fevraldan maşinalarga buyurtma beriş mumkin böladi.
Tawazun rahbarlari maşinalar işlab çiqarilişiga 3 yil içida 110 mln yevro mablağ tikib, Aurus’ning Yaqin Şarq va Şimoliy Afrikadagi distribyutoriga aylanişmoqçi. Texnik nuqtai nazardan, uşbu avtomobillar boşqalaridan yuqori körsatkiçlar bilan ajralib turadi.
Maşina negizida Rossiyaning birinçi şaxslari buyurtmasi bilan işlab çiqilgan “Kortej” loyihasi yotadi. Maşinalar narxi 10-12 mln rubldan boşlanadi. Xaridorlar qöşimça haq uçun qöşimça opsiyalarni buyurtirişlari mumkin böladi. Ta'kidlanişiça, ilk maşinalarni Rossiya prezidenti garaji oladi.












