Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolton Venesuela harbiylariga chaqiriq bilan chiqdi
Kuba tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges Venesuelaga AQSh qo‘shinlari tashlangani haqida ma'lum qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Amerika bazalaridan parvozlar amalga oshirilmoqda, u yerda maxsus amaliyotlar va dengiz piyoda askarlari bo‘linmalari mavjud», - dedi Rodriges.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu parvozlar insonparvarlik yordami yetkazib berish bilan bog‘liq emas.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh Venesuelaga qarshi harakatlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun bu aksiyalardan foydalanmoqda.
O‘z navbatida, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro respublika muxolifati yetakchisi Xuan Guaydoni mamlakatda saylovlar e'lon qilishga chaqirdi.
«O‘zini prezident sifatida e'lon qilgan masxaraboz saylovlar chaqirsin», - deya ma'lum qilgan Maduro.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Guaydo bu saylovlarda g‘alaba qozona olmaydi.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Venesuela xalqi ovoz berish yo‘li bilan Guaydonni «ag‘darib tashlaydi».
AQSh prezidentining maslahatchisi Jon Bolton esa Venesuela harbiylaridan insonparvarlik yordamini respublikaga kiritishni talab qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Venesuela qurolli kuchlari mamlakat fuqarolarini himoya qilish bo‘yicha «o‘z vazifalarini bajarishi» kerak.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh hukumati venesuelalik harbiylar tomonidan har qanday xatti-harakatini «unutmaydi».
Boltonning ta'kidlashicha, Venesuela qurolli kuchlari rahbariyati «to‘g‘ri tanlov»ni amalga oshirishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maduro Trampning tahdidlarini natsistlar bayonoti bilan tenglashtirgandi.
Mavzuga oid
08:55 / 30.06.2026
Venesuelada zilzila qurbonlari soni 1700 nafardan oshdi
09:37 / 29.06.2026
Venesueladagi zilzila: vayronalar ostidagilarni qutqarishga juda kam vaqt qolmoqda
00:11 / 28.06.2026
Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 1400 nafardan oshdi
08:59 / 27.06.2026