Özbekiston Respublikasi prezidenti “Davlat mulki obektlaridan samarali foydalaniş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan keltirilgan.
Farmonda qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 11 oktyabrdagi “Davlat mulki obektlarini va yer uçastkalariga bölgan huquqlarni tadbirkorlik sub'yektlariga sotiş tartibini soddalaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PF–5552-son farmoniga muvofiq eksperiment tariqasida 444 ta böş turgan davlat köçmas mulk obekti 1 sömga teng qiymatdagi boşlanğiç narx böyiça elektron savdo maydonçasida auksionga çiqarilib, şundan 310 ta obekt 172 milliard söm investitsiya kiritiş hamda 3 536 ta yangi iş örni yaratiş şarti bilan 11,2 milliard sömga sotilgan.
Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklarining Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 11 oktyabrdagi “Davlat mulki obektlarini va yer uçastkalariga bölgan huquqlarni tadbirkorlik sub'yektlariga sotiş tartibini soddalaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PF–5552-son farmonida belgilangan davlat mulki obektlarini sotiş tartibini soddalaştiriş böyiça eksperiment ötkaziş muddatini 2020 yil 1 yanvarga qadar uzaytiriş haqidagi taklifi ma'qullandi.












