Keyingi yillarda Guliston öz nomiga monand obod bölib bormoqda. Yangi uy-joylar, inşootlar, ravon yöllar qurilmoqda.
Şaharning yangi qiyofasi «Buyuk kelajak» mavzesida yorqin namoyon böladi. Ötgan yili bu yerda namunali loyiha asosida 5 qavatli 8ta uy foydalanişga topşirildi. Yana 7 qavatli, 420 xonadondan iborat 10ta uy qurilişi davom etmoqda.
Prezident mazkur mavzega taşrif buyurib, yangi köp qavatli uylarni közdan keçirdi.
Prezident «Sirdaryo tajribasi»ni joriy qiliş loyihalarini közdan keçirdi.
Şu yerda yoşlarni madaniyat va sport majmualariga jalb etiş, ular örtasida kompyuter savodxonligi va kitobxonlikni rivojlantiriş böyiça yangi tizim taqdimoti ötkazildi.
Unga köra, Yoşlar ittifoqi, Sport, Madaniyat va Xalq ta'limi vazirliklari, Ma'naviyat tarğibot markazi, Yozuvçilar uyuşmasi tumanlardagi yoşlar bilan manzilli işlaydi, ularning qiziqişlariga mos tögarak va muassasalarga jalb etadi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi «Öqituvçi» brendi ostida markaziy kitob dökoni va «buk-kafe»lar taşkil etadi, şuningdek, elektron kitoblar tayyorlab tarqatadi.
«Bilim, madaniyat, fidoyilik birinçi örinda bölişi kerak. Ma'naviyat iqtisodiyotga ham asos böladi. Farzandlarimizni soğlom, bilimli, vatanparvar qilib tarbiyalaş uçun heç narsani ayamaymiz. Ana şunday yoşlar bizning ertangi kunimiz», degan Şavkat Mirziyoyev.
Viloyatda köp qavatli uylar va sport inşootlari quriş, içimlik suvi ta'minoti va oqova suv tizimini rivojlantiriş borasida amalga oşiriladigan işlar haqida ham ma'lumot berildi.













