«Çelsi» boş murabbiy lavozimiga ikki nafar nomzodni körib çiqmoqda. Bu haqda Sky Spors xabar berdi.

«Aristokratlar» Mauritsio Sarri iste'foga çiqarilgan taqdirda uning örniga «Real»ning sobiq boş murabbiyi Zinedin Zidanni, yoki jamoaning sobiq futbolçisi, ayni paytda «Derbi Kaunti»ni boşqarayotgan Frenk Lempardni taklif etişmoqçi.

Qayd etilişiça, sönggi vaqtlardagi natijalar rahbariyatni xavotirga qöymoqda. Klub oxirgi uçta öyindan ikkitasida mağlubiyatga uçradi. Dastlab APLda «Mançester Siti» (0:6), söng Angliya kubogida «Mançester Yunayted»ga (0:2) imkoniyat boy berildi.

Şu munosabat bilan Sarrining lavozimida qolişi ehtimoli kamaygan. «Stemford Brij»dagilar jamoani mavsum oxiriga qadar Sarrining assistenti Janfranko Dzolaga işonib topşiriş variantini ham körib çiqişmoqda.

Boşqa manbalarda amaldagi italiyalik murabbiy hali kamida ikkita öyinda boş murabbiy bölişi aytilmoqda. Bu borada yakuniy qarorni klub xöjayini Roman Abramoviç qabul qiladi.

Eslatib ötamiz, London şahri jamoasi Premer-liganing 26-turidan keyin oltinçi örinda bormoqda.