Ötgan hafta Özbekiston terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov doping sababli futboldan çetlatilgani ma'lum böldi. Osiyo Kubogi vaqtida olingan tahlillarda uning qonidan taqiqlangan modda topilganbölib, bu borada OFK Tartib-intizom qömitasi hali yakuniy qaror çiqarmadi. ÖFA matbuot xizmati terma jamoa boş şifokori Abror Pirriyev bilan suhbat uyuştirib, mazkur holatga mutaxassis sifatida oydinlik kiritib berişni söradi.

- Abror aka, siz terma jamoa boş şifokori sifatida Ignatiy Nesterov borasida OFKdan kelgan xat haqida birinçilardan bölib xabar topgansiz. Lekin xatda körsatilganidek, oxirgi xulosa çiqarilmagunça bu haqida ommaga oşkor qilmay turilgan. Şunday bölsa-da, bugungi axborot zamonida biror narsani sir saqlaş qiyin. Şu sababli muxlislar uçun Nesterov bilan boğliq vaziyat haqida batafsil ma'lumot berib ötsangiz.

- Avvalombor doping tuşunçasi haqida oddiy muxlisga tuşunadigan tarzda töxtalib ötsam. Bir söz bilan aytganda, doping bu sportçining WADA (Jaxon antidoping agentligi) tomonidan taqiqlangan dori vositasini istemol qilişi. Uşbu taqiqlangan vositalarni şartli 3 guruhga böliş mumkin:

1. Sportçining qabul qilişi qat'iyan taqiqlangan vositalar;
2. Sportçi davolaniş körsatmasi asosida qabul qilişi mumkin bölgan vositalar;
3. Körsatmalarsiz iste'mol qiliş mumkin, lekin doping tekşiruvi blankasida qayd etilişi kerak bölgan vositalar. (Ignatning vaziyati 2-guruhga töğri keladi).

Bizda doping sözi juda bir vahimali talqin kilinadiki, bu bilan sportçi albatta dahşatli ta'sirga ega bulgan preparat qabul qilgan deb tuşuniladi. Holbuki, oddiygina boş oğrigi uçun içilgan “Tsitramon” ham doping deb topilişi mumkin, agarda u şifokorga aytilmasa va doping varağida yozilmagan bölsa. Siz özingizni yoki boşqa birovni “Tsitramon” içganlikda ayblay olmaysiz, töğrimi? Ammo professional sport bilan hayotini boğlagan sportçilarimizda şunga öxşaş mas'uliyatli vaziyatlar mavjud. Şuning uçun muxlis va mutaxassislarimizdan bir narsani iltimos qilardimki, ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarda vaziyatga töğri baho bergan holda, terma jamoamiz ğalabalariga katta hissa qöşgan darvozabonimizni uşbu murakkab vaziyatda qöllab-quvvatlovçi fikrlar bildirişsa adolatdan bölardi.