Al-Qudsda “Vişegrad törtligi” davlatlari – Polşa, Çexiya, Vengriya, Slovakiya va Isroil örtasida ötişi kerak bölgan uçraşuv bekor qilingandan keyin Polşa taşqi işlar vaziri örinbosari Şimon Şinkovskiy vel Senk Isroilga polşaliklarning Ikkinçi jahon uruşi vaqtida natsistlar bilan hamkorlik qilganlari va yahudiylarning tahqirlanişlariga (Xolokost) aloqadorliklari haqidagi sözlar uçun uzr söraş muhimligini eslatib ötdi.
Polşa vakili Isroilni qat'iy munosabat bildirişga va Polşadan uzr söraydigan şaxsni tanlaşga çaqirgan.
Aks holda Varşava javob beriş uçun barça imkoniyatlarni qöllaşga tayyor, biroq bu talab etilmasligiga umid bildirmoqda.
“Biz Isroilga tanlov şakli va uzr söraydigan şaxsni tanlaş huquqini qoldiramiz. Biroq bu qat'iy munosabat bölişi lozim”, deb aytgan Şinkovskiy vel Senk.
18-19 fevralda ötişi kerak bölgan sammit Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxuning polşaliklarning Xolokostga aloqadorliklari haqidagi sözlaridan keyin bekor qilingan. Polşa Netanyaxuning sözlarini irqiy va yöl qöyib bölmaydigan deb atagan.












