21 fevral kuni poytaxtdagi «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Boş ştab boşliqlarining navbatdagi anjumani bölib ötadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Anjuman mintaqada xavfsizlikni ta'minlaş, Afğonistondagi vaziyatni barqarorlaştiriş, şuningdek, terrorizm, giyohvand moddalar savdosi hamda kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş masalalariga bağişlanadi.

Unda Özbekiston, Qozoğiston, Pokiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afğoniston qurolli kuçlari boş ştabi boşliqlari, Qirğiziston Respublikasi qurolli kuçlari Boş ştabi boşliğining birinçi örinbosari, AQŞ Qurolli Kuçlari CENTKOM qömondoni iştirok etadi.

Anjumanda Özbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov ham qatnaşişi közda tutilgan.

Anjuman doirasida delegatsiya rahbarlari alohida ikki tomonlama uçraşuvlarni ötkazişi, şuningdek, delegatsiya a'zolarining Özbekiston Qurolli Kuçlari akademiyasidagi öquv jarayonini kuzatişlari rejalaştirilgan.