2019 yil 18 fevral kuni Andijon şahrida Asaka tumanida yaşovçi J.A., T.M., D.F., va N.A. Asaka tumani Istiqlol mahallasidagi avtoturargohda fuqaro E.A. boşqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomaşinasiga yölovçi sifatida ötirişgan va Andijon şahriga yetib kelgan vaqtlarida ular haydovçini tanasining turli joylariga jarohat yetkazişgan.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, söng ular uning 500 AQŞ dollari, 240 000 söm puli, “Redmi 5” mobil telefonini olib voqea joyidan yaşiringanlar.
Natijada E.A. kasalxonaga yotqizilgan. Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni sodir etgan barça şaxslar uşlangan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.











