AQŞning Janubiy Osiyodagi strategiyasidan muddao — Afğoniston Islom Respublikasi hukumati va «Tolibon» harakati örtasida döstlik aloqasini tiklaş mustahkamlaş va mamlakatda barqaror siyosiy muhitning paydo bölişiga erişiş, deb hisoblaydi AQŞ Qurolli Kuçlari Markaziy qömondonligi qömondoni general Jozef Votel.
21 fevral kuni poytaxtdagi «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Boş ştab boşliqlarining navbatdagi anjumani boşlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Uşbu yiğiliş mintaqa tarixidagi eng dolzarb va muhim davrda yuz bermoqda. Mintaqada xavfsizlik masalasi hamon oçiq qolyapti, şu tufayli biz faoliyatimizni yanada yaxşi olib borişimiz kerak», — deydi Jozef Votel.
AQŞ qömondonining aytişiça, köp marotaba media makonida yangrayotgan Afğoniston böyiça bir tomonlama «tinçlik muzokaralari» miş-mişdan boşqa narsa emas.
«Fikrimni aniqroq ifodalaşga ruxsat bergaysiz: AQŞ «Tolibon» bilan harbiylarni olib çiqiş böyiça bir tomonlama muzokaralar olib bormayapti. Bizning maqsadimiz — Afğoniston va «Tolibon» örtasidagi aloqalarni mustahkamlaşdan iborat. Rivojlanib borayotgan işonçni saqlab qolişda özaro öt oçişlarni töxtatiş muhim vazifa hisoblanadi. Şu bilan birga, biz «Tolibon»ga nisbatan harbiy bosimni davom ettiramiz. Nimaiki qilmaylik, siyosiy barqarorlik va rivojlaniş uçun xizmat qilişi zarur», — deydi u.
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham Oliy Majlisga murojaatnomasida mamlakat taşqi siyosatida qöşni Afğoniston muhim örin egallaşini bildirgandi.
«Biz xalqaro hamjamiyatni Afğoniston hukumati rahbarligida tinçlik muzokaralarini boşlaş zaruriyatini qöllab-quvvatlaşga da'vat etdik. 2018 yilning mart oyida Afğoniston böyiça ötkazilgan yuqori darajadagi Toşkent konferensiyasi zamonaviy Afğoniston tarixida xalqaro miqyosda keng qamrovli anjuman bölganini alohida ta'kidlaş lozim. Şu konferensiyadan söng Afğonistondagi barça siyosiy kuçlar, jumladan, «Tolibon» harakati iştirokida muzokaralar jarayonini boşlaşga qaratilgan xalqaro harakatlar yanada faollaşdi. Özbekiston «Tolibon» harakati vakillari bilan bir qator muhim muzokaralar ötkazdi», — deydi Şavkat Mirziyoyev.
21 fevral kuni taşkil etilgan yiğiliş iştirok etgan Özbekiston Mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov «barça davlatlar bilan Afğonistonda tinçlik, birinçi navbatda, xotirjamlikni ta'minlaş uçun Özbekiston strategik aloqalarni har tomonlama rivojlantirişga tayyor»ligini aytdi.













