Seşanba, 19 fevraldan boşlab YouTube videoxostingi va «VKontakte» ijtimoiy tarmoğiga kiriş Özbekistonda qayta tiklandi. Facebook esa qisman oçilmoqda.

Uşbu saytlarga kiriş bilan boğliq muammolar ötgan yilning sentabr oyida boşlandi (YouTube bilan - oktyabrda). Foydalanuvçilar servislarni VPN’dan foydalangan holda işlatiş mumkinligini aniqladilar, bu esa ular ommabopligining keskin ösişiga olib keldi.

Avvalroq, Özbekistonda eng köp yuklab olinuvçi 100 ilova röyxatiga ham kirmagan VPN Proxy Master kabi ilovalar birinçi öringa kötarilib olib, Telegram hamda Instagram kabi an'anaviy yetakçilarni ortda qoldirildi.

21 fevral kuni Özbekistonda VPN ilovalar öz pozitsiyalarini yöqota boşladi va birinçi örinni boşqa ilovalar uçun böşatib berdi. Masalan, VPN Proxy Master fevral oyida davomida birinçi marta birinçi örindan pastga tuşib ketdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston internet tezligi böyiça reytingda keskin pastlagandi.