Özbekiston Respublikasi prezidenti “Prezident maktablarini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan keltirilgan.

Qaror bilan Qoraqalpoğiston Respublikasida, viloyatlar va Toşkent şahrida ixtisoslaştirilgan davlat umumta'lim muassasasi şaklidagi Prezident maktablari taşkil etiladi.

Quyidagilar Prezident maktablarining asosiy vazifalari etib belgilandi:

iqtidorli bolalarni aniqlaş, tanlaş va öqitiş, ularning har tomonlama rivojlanişi uçun şart-şaroitlar yaratiş, şuningdek, öquvçilarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini oçib beriş;

tabiiy va aniq fanlarni çuqur örganiş, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalarini özlaştirişni taşkil qiliş, öquvçilarning innovatsion ğoyalari va işlanmalarini rivojlantiriş uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş;

öquvçilarni öqitiş va ular bilimini baholaşning zamonaviy uslublarini,şuningdek, ta'lim dasturlarining integratsiyalaşuviga asoslangan öqitişning fanlararo yondaşuvini joriy qiliş va keyinçalik ijobiy tajribani respublika xalq ta'limi tizimiga tatbiq etiş;

öquvçilarni kasb-hunarga yönaltiriş, ularda yetakçilik könikmalari va notiqlik san'atini rivojlantiriş, tanqidiy fikrlaş, axborotni izlaş, tahlil qiliş va qayta işlaş, olingan bilimlarni amaliyotda qöllaş malakasini oşiriş;

öquvçilarning umumta'lim fanlari böyiça xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarda munosib iştirokini ta'minlaş;

öquvçilarda vatanparvarlik va Vatanga muhabbat tuyğusini, bağrikenglik, qonunlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatni, hayotga qat'iy işonç va qaraşlarni şakllantiriş;

öquv dasturlarining uzluksizligini ta'minlaş masalalarida xuddi şu yönalişdagi milliy va xorijiy umumiy örta va oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni yölga qöyiş, bitiruvçilarning ilğor xorijiy oliy öquv yurtlarida va ularning respublikamizdagi filiallarida öqişini davom ettiriş.

Belgilanişiça:

Prezident maktablariga qabul qiliş respublika umumta'lim muassasalarining 4-sinf bitiruvçilari orasidan Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ötkaziladigan mantiqiy fikrlaş testlari, yozma imtihon va suhbatlar natijalariga köra amalga oşiriladi;