Venesuelaning yana bir yuqori lavozimli mansabdor şaxsi özini vaqtinçalik prezident deb e'lon qilgan, mamlakat parlamenti spikeri Xuan Guaydo tomonga ötdi. Bu haqda AQŞ prezidenti maslahatçisi Jon Bolton ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga köra, Guaydo tomonga Venesuelaning BMTdagi harbiy attaşesi – polkovnik Pedro Çirinos ötgan.
Avvalroq mamlakatning Vaşingtondagi harbiy attaşesi Xose Luis Silva Guaydoni qonuniy prezident deb tan olib, qolgan harbiylarni ham undan örnak olişga çaqirgan.
Bu orada Puerto-Rikodan 20 tonna gumanitar yordam ortilgan yuk kema Venesuela tomon yöl oldi. Bu haqda Guaydo ma'lum qildi.
U tvitterdagi xabarda gumanitar yukni “ozodlik bilan liq töla konteynerlar” deb atagan.
Venesuela hukumati 20 fevralda Falkon ştatida Aruba, Bonayre va Kyurasao orol-davlatlari bilan havo va dengiz çegaralarini yopib qöyganini va bu orollardan şxuna hamda samolyotlar qabul qilinişi töxtatilişini e'lon qilgandi.
Kyurasao orolida Venesuela uçun Yevropa Ittifoqidan gumanitar yordamni töplaş böyiça uçinçi markaz taşkil etilgan bölib, qolgan ikkitasi Kukuta (Kolumbiya) va Roraymada (Braziliya) joylaşgan.
Oxirgi kunlarda Guaydo AQŞ va Yevropa Ittifoqi tomonidan töplangan gumanitar yordamni Venesuelaga yetkaziş masalasini hal qilişga urinmoqda. Mamlakat prezidenti Nikolas Maduro esa bu yuklarni ötkazmaslikka harakat qilmoqda.













