Prezident qarori bilan Özbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi Xalq qabulxonalari töğrisidagi hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining tumanlar va şaharlardagi Xalq qabulxonalari töğrisidagi nizomlar tasdiqlandi.

Nizomga köra, Xalq qabulxonasi Özbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, murojaatlar bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş masalalari böyiça maslahatçisi bölinmalari tuzilmasi tarkibiga kiradi va yuridik şaxs hisoblanmaydi. Xalq qabulxonasi öz mulkida, xöjalik yuritişida yoki operativ boşqaruvida alohida mol-mulkka ega bölmaydi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş hamda öz nomidan boşqa şaxslar bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarga kirişiş huquqiga ega emas.

Nizomda belgilanişiça, “Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining Qonuni tatbiq etilmaydigan, şu jumladan körib çiqiş tartibi ma'muriy javobgarlik töğrisidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, iqtisodiy protsessual qonun hujjatlari va boşqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarni Xalq qabulxonasi körib çiqmaydi. 

Xalq qabulxonasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • aholi bilan töğridan-töğri muloqotni taşkil etiş, jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tölaqonli himoya qilişga qaratilgan uyma-uy yuriş, ijtimoiy va boşqa obektlarni örganiş orqali muammolarni aniqlaş va hal qiliş, şuningdek murojaatlar bilan işlaşning samarali tizimi amal qilişini ta'minlaş;
  • fuqarolarning Özbekiston Respublikasi Prezidentiga, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Hukumatga, sud, huquqni muhofaza qiliş va nazorat organlariga, şuningdek davlat va xöjalik boşqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boşqa davlat taşkilotlariga murojaat qilişga oid konstitutsiyaviy huquqlarining sözsiz amalga oşirilişi uçun şaroitlar yaratiş;
  • Xalq qabulxonasiga kelib tuşgan murojaatlarning qonun hujjatlari talablariga qat'iy amal qilgan holda, töliq, xolis, öz vaqtida körib çiqilişi, şuningdek uyma-uy yuriş, ijtimoiy va boşqa obektlarni örganişda aniqlangan muammolarning hal etilişini taşkil etiş va nazorat qiliş;
  • uyma-uy yuriş, ijtimoiy va boşqa obektlarni örganişda aniqlangan muammolar hamda Xalq qabulxonasi, Özbekiston Respublikasi Prezidentining tumanlar va şaharlardagi Xalq qabulxonalariga kelib tuşgan, tegişliligi böyiça davlat organlariga yuborilgan murojaatlarning körib çiqilişi va hal etilişi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oşiriş;