Fast Company naşri dunyoning eng innovatsion kompaniyalari elliktaligini e'lon qildi. Bir yil avval  reyting yetakçisi bölgan Apple kompaniyasi joriy reytingda 17-öringa tuşib ketdi. 

1-örinni Xitoyning Meituan Dianping servisi egallagan. Bu kompaniya yaqin oradagi dökon va restoranlarni topiş, taom buyurtiriş va mehmonxonalarni bronlaş xizmatlarini körsatadi. 2018 yil 1-yarmida kompaniya xizmatlaridan 2,8 mingta şahardan 350 mlndan köproq odam foydalangan. 

Reytingning 2-örnini Janubi-Şarqiy Osiyodagi taksi xizmati Grab,

3-örnini turli texnologik yeçimlarni faol tatbiq qilganlik uçun AQŞ Milliy basketbol uyuşmasi egalladi.

Eng innovatsion kompaniyalar yetakçi öntaligiga, şuningdek, Walt Disney kinokompaniyasi, kiyim xarid qiliş dasturi Stitch Fix, tez tamaddixonalar tarmoği Sweetgreen, meva va sabzavotlar barra bölib qolişi uçun ular ustiga surtiluvçi tabiiy moddani işlab çiqqan Apeel Sciences kompaniyasi, Square tölov xizmati, suli suti işlab çiqaruvçi şved kompaniyasi Oatly va Twitch striming videoservisi kirgan.

Reytingni tuzuvçilar fikriça, Apple 2018 yilda haqiqatda hayratlantiruvçi gadjet va texnologiyalar işlab çiqmagan va bu uning reytingdagi pozitsiyasini yöqotişga olib kelgan.

Apple 2018 yilda iPhone X smartfoni, Apple Watch Series 3 aqlli soatlari, töldirilgan reallik texnologiyasi ARKit kabilarni işlab çiqqani uçun 1-öringa loyiq topilgandi. 

Fast Company reytingni tuzişda 30 dan köproq muharrir, muxbirlar va mualliflar, minglab kompaniyalar örtasida sörovnoma ötkazgan. 

Kompaniya asosiy reytingga qöşimça holda tarmoqlar böyiça eng innovatsion kompaniyalar röyxatini tuzadi. Apple joriy yilda “Maişiy elektronika” yönalişida yetakçi deb topilgan.