Prezident Şavkat Mirziyoyev neft-gaz va kimyo sanoatini yanada rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş vaqtida Farğona neftni qayta işlaş zavodini davlat-xususiy şeriklik asosida investorlarning işonçli boşqaruviga berişni topşirdi.

«Yiğilişda «Özbekneftegaz» jamiyati tizimini takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqiş, tariflarni bozor tamoyillari asosida qayta körib çiqiş, neft bazalar va hududiy gaz ta'minoti xizmatlarini bosqiçma-bosqiç davlat-xususiy şeriklik asosida, jumladan, Farğona neftni qayta işlaş zavodini investorlarning işonçli boşqaruviga beriş böyiça aniq çoralar ham nazarda tutilişi kerakligi aytildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Yiğilişda şuningdek, Muborak gazni qayta işlaş zavodi, Şörtanneftgaz va Gazlineftgaz korxonalarida suyultirilgan gaz işlab çiqariş, neft va gaz qazib çiqariş, geologik qidiruv uskunalarini sotib oliş kabi loyihalarga talab etiladigan mablağlar mamlakatimizning yevroobligatsiyalari hisobidan moliyalaştirilişi ma'lum qilingan.

Ma'lumot uçun, Farğona NQIZ yonilği-moy materiallarini işlab çiqariş böyiça mintaqadagi yetakçi korxonalardan biri hisoblanadi. U öz faoliyati davomida 60 turdan ortiq neft mahsulotlarini işlab çiqargan. Bugungi kunga kelib korxona modernizatsiyaga muhtoj. Norasmiy ma'lumotlarga köra, ayni vaqtda bu zavodning yuklanişi 50 foizdan oşmaydi.

Ötgan yilning noyabrida Farğona va Buxoro neftni qayta işlaş zavodlari modernizatsiya qilinişi rejalaştirilayotgani haqida xabar berilgandi.