Özini Venesuelaning vaqtinçalik prezidenti deb e'lon qilgan Xuan Guaydo 21 fevralda özining 001-sonli “mamlakatga gumanitar yordam yetkazilişiga ruxsat haqidagi” ilk “prezident” farmonini çiqardi.
“Bolivar milliy qurolli kuçlari boş qömondoni sifatida gumanitar yordam Venesuela hududiga tuşişiga ruxsatni tasdiqlayman va bu kuçlarning turli elementlariga bu yöriqnoma böyiça harakat qilişlarini buyuraman”, deb aytilgan Guaydo farmonida.
Muxolifat nazoratidagi Venesuela parlamenti ham 19 fevralda prezident Nikolas Maduro yetkazilişiga qarşilik qilayotgan gumanitar yordamni olişni ma'qulladi. Yordamning yetkazilişi 23 fevraldan boşlanişi rejalaştirilgan.
Şuningdek, Guaydo öz farmoni bilan Maduroning “qardoş davlat Braziliya” bilan çegarani yopiş buyruğini bekor qilgan, Aruba, Boneyra va Kyurasao orol-davlatlari bilan munosabatlarni kuçda qoldirgan va uning hukumati tomonga ötadigan harbiylarga kafolatlar berilişini tasdiqlagan.













