Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) «Liverpul» boş murabbiyi Yurgen Kloppni 45 ming funt miqdoridagi jarimaga tortdi.

Germaniyalik mutaxassis APL 25-turidan örin olgan «Vest Hem»ga (1:1) qarşi öyindan keyingi sözlari uçun jazolandi.

Klopp bellaşuvni boşqargan hakam Kevin Frend haqida gapirib: «Biz ofsayddan keyin gol urdik. Hakam buni tanaffusda bilib qolgan. Uning 2-bölimdagi ğalati qarorlarini şu bilan izohlaş mumkin. Bular qöpol xato bölmasa-da, öyin tezligini pasaytirib yubordi», - degan edi.

FA qaroriga köra, Klopp hakamning halolligiga şubha bildiradigan izohlarni bergani uçun jazolangan.