Bugun, 21 fevral kuni Özbekiston Oliy sud raisi örinbosari - Ma'muriy işlar böyiça sudlov hay'ati raisi Bahodir Akbaraliyeviç Dehqonov öz xizmat xonasida qölga olindi. Bu ma'lumotni Kun.uz’ga vaziyatdan xabardor manba tasdiqladi.
Ayni vaqtda uning hibs qilinişi sabablari haqida ma'lumotlar yöq.
Muqaddam Andijon va Samarqand viloyatlarida prokuror, keyinroq, 2016-2017 yillarda Oliy xöjalik sudi raisining örinbosari lavozimida işlagan Bahodir Dehqonov 2017 yilning 27 may kuni beş yil muddatga Oliy sudi raisining örinbosari – Ma'muriy işlar böyiça sudlov hay'ati raisi lavozimiga saylangandi.















