Fevral oyi örtalarida Özbekiston öz tarixida birinçi marotaba 5 va 10 yillik muddatga ikki tranşda 1 milliard dollarlik yevroobligatsiyalarni joylaştirdi. Bu pullarning bir qismi neft-gaz sanoatini rivojlantirişga sarflanadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabarida aytilgan.
Xususan, Muborak gazni qayta işlaş zavodi, Şörtanneftgaz va Gazlineftgaz korxonalarida suyultirilgan gaz işlab çiqariş, neft va gaz qazib çiqariş, geologik qidiruv uskunalarini sotib oliş kabi loyihalarga talab etiladigan mablağlar mamlakatning yevroobligatsiyalari hisobidan moliyalaştiriş rejalaştirilmoqda.
Spot’ning «Uzbekistan GTL» LLC’ga asosan xabar berişiça, zavod qurilişi faol sur'atlarda davom etmoqda. Şartnomani YeRS kontrakt asosida amalga oşirişning umumiy natijasi 71%dan oşdi. Quriliş işlari 25 foizdan köproqqa bajarilgan.
Hozirgi vaqtda quriliş maydonçasida metall konstruksiyalar, yerosti va yer usti quvur tarmoqlari örnatilmoqda, bino hamda inşootlar qurilmoqda, kelayotgan texnologik uskunalarni örnatiş işlari davom etmoqda.
Zavodning batafsil loyihasi yakunlaniş bosqiçida va 97,1%ga bajarildi, buyurtmalarni joylaştiriş, materiallarni işlab çiqariş va yetkazib beriş, şuningdek, quriliş maydonçasiga texnologik uskunalarni olib boriş 87%dan ortiqqa yakunlandi.
Fişer-Tropş reaktorlari - texnologik jarayonning «yuragi» barça qismlari quriliş maydonçasiga yetkazib berildi. Reaktorlarni yiğiş va örnatiş 42%ga bajarildi.












