Soliq qömitasi 2024 yilning 6 oyida işlab çiqariş sohasida eng köp soliq tölagan top-20 ta korxona röyxatini e’lon qildi. Bu röyxatdan “Uzbekistan GTL” zavodi örin olmagan, çunki zavod tölagan soliqlar qisqargan.
Kun.uz Soliq qömitasidan olgan ma’lumotlarga köra, “Uzbekistan GTL” MÇJ tomonidan 2024 yilning yanvar-iyul oylarida budjetga 112 mlrd söm tölovlar amalga oşirilgan. Ötgan yilning mos davrida esa bu 254 mlrd sömni taşkil etgan. GTL zavodi joriy yilda ötgan yilga nisbatan 142 mlrd söm kamroq soliq tölagan, bu – jamiyat tölagan soliqlar 2 barobardan köproqqa (56 foizga) qisqarganini körsatadi.
GTL zavodi nega soliq tölaşni kamaytirgani haqidagi Kun.uz savoliga javoban, Soliq qömitasining ma’lum qilişiça, jamiyat hisobotlarida eksport hajmi joriy yilning 7 oyida 1 trln 458 mlrd sömni taşkil qilgani, ötgan yilning mos davrida esa bu 380 mlrd söm bölgani körsatilgan. Soliq kodeksiga asosan, tovar va xizmatlar eksporti uçun QQS va foyda soliği nol stavkada belgilangan.
MÇJ tomonidan taqdim etilgan foyda soliği hisobotiga asosan, jamiyatning 2024 yil II çorakdagi daromadi 2,7 trln söm bölgan. Bu körsatkiç 2023 yilning II çoragida 2,1 trln söm deb körsatilgan.
Soliq qömitasi saytidagi oçiq ma’lumotlardan körinişiça, GTL zavodi 2024 yilning II çoragida 1 trln 847,8 mlrd sömlik soliq imtiyozlaridan foydalangan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, 2024 yilning 6 oyida 619 tonna dizel yoqilğisi işlab çiqarilgan. Bu – ötgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 foizga kam.
Avvalroq Kun.uz Bojxona qömitasi ma’lumotlariga asoslanib, GTL zavodida dizel işlab çiqariş boşlanganidan keyingi davr, ya’ni oxirgi 2 yilda bu mahsulot importi 7,3 barobarga oşib ketganiga e’tibor qaratgandi.
“Uzbekistan GTL” MÇJ – töliq davlatga tegişli korxona. Uni barpo etiş uçun “Özbekneftaz” nomidan bir neça milliard dollar taşqi qarzlar jalb etilgan. Soliq tölovlari va işlab çiqariş körsatkiçlari haqida “Özbekneftgaz” va GTL zavodiga Kun.uz tomonidan yöllangan savollar javobsiz qolmoqda.
GTL zavodiga sarflangan 3,4 mlrd dollar özini oqlaydimi? Otabek Bakirov bilan suhbat












