Xalq deputatlari Namangan viloyat kengaşi sessiyasi bölib ötdi. Bu haqda Nampravda xabar berdi.
Sessiyada Oliy Majlis senatorlari, viloyat hokimi örinbosarlari, sektorlar rahbarlari, viloyat boşqarmalari va taşkilotlari boşliqlari iştirok etişdi. Oliy Majlis Senati kengaşining “Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) sayloviga tayyorgarlik köriş va ötkaziş töğrisida”gi qarori ijrosi, viloyat hokimi qarorlarini tasdiqlaş va taşkiliy masalalar kun tartibiga olib çiqildi.

Xususan, sud qarori asosida viloyat Kengaşining 4-Umrzoqov saylov okrugidan deputati Olimjon Abdunazaroviç Töxtanazarovning vakolatlari muddatidan avval töxtatildi.
Şuningdek, 33-Isoqçöyan saylov okrugidan viloyat Kengaşi deputati Abdusalom Vohidoviç Umarovning vakolatlari ham uning öz arizasi asosida töxtatildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xalq deputatlari Namangan viloyat kengaşining sobiq deputati, pora bilan uşlangan Olimjon Abdunazaroviç Töxtanazarovga nisbatan sud hukmi öqilgandi.
U 2018 yilning 22 sentyabrida Namangan viloyati huquqni muhofaza qiluvçi idoralari tomonidan hamkorlikda ötkazilgan tadbir davomida arizaçi I.M.dan 500 dollar pulni olgan vaqtida aşyoviy dalil bilan qölga olingandi.
Uşbu holat yuzasidan Olimjon Töxtanazarovga nisbatan 22 sentabr kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi («xizmat mavqeidan foydalanib sodir etilgan firibgarlik»), 28-moddasi («jinoyatda iştirokçilarning turlari») va 211-moddasi 1-qismi («pora beriş») bilan jinoyat işi qözğatilgan. Şuningdek, Olimjon Töxtanazarov xalq deputatlari Namangan viloyat kengaşi roziligi olingan holda, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi («uşlab turiş asoslari») tartibida uşlangandi.












