Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoning ma'lum qilişiça, rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan faqat «kuç pozitsiyasidan» foydalangan holda gaplaşiş mumkin. Bu haqda u Fox News’ga intervyuda aytib ötdi.

Poroşenkoning sözlariga köra, Amerika prezidenti ma'muriyati «Putin xavfli ekanini» tuşunmoqda.

«U (Putin) Rossiya imperiyasi, sovet ittifoqi uyğonişi, qayta tiklanişini xohlaydi. Unda öz maqsadlariga erişiş uçun yengib bölmas çegaralar yöq», - dedi Poroşenko.

Şuningdek, Poroşenko Putin bilan telefon orqali suhbatlaşişga bölgan muvaffaqiyatsiz uriniş haqida gapirdi.

Ukraina yetakçisining sözlariga köra, sönggi marta u Putinga 25 noyabr kuni qönğiroq qilişga uringan.

«Men unga «nima bölyapti?» deb söraş uçun qönğiroq qildim, u javob bermadi», - dedi Poroşenko.

Uning qöşimça qilişiça, Putinda, ehtimol, «aytiş uçun heç narsa» bölmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Poroşenko Donbassdagi falokat va Rossiya tanklari soni haqida gapirgandi.