Şveytsariya harbiy tribunali mamlakat qurolli kuçlarining sobiq serjanti Joan Kozarni Suriyadagi jangovar harakatlardagi iştiroki uçun 45 ming franklik (39,6 ming yevro) jarimaga tortdi. Harbiy Suriyada aholini IŞIDdan himoya qilgan nasroniy militsiyasida xizmat qilgan. Bu haqda Tribune de Geneve naşri ma'lum qildi. 

Kozarga 90 kunlik jarima kunlari tayinlangan. U şunday kunlarning har biri uçun 500 frankdan jarima tölaşi kerak. Jarimaning umumiy qiymati 45 ming şveysar frankini taşkil qilib, sobiq harbiy bu summani hukm kuçga kirgandan keyin 3 yil içida tölab berişi lozim.

RTS mahalliy naşrining ta'kidlaşiça, gap 2013 yildan 2015 yilgaça Suriyada Şveytsariya hukumati ruxsatisiz xizmat qilgan 37 yoşli Joan Kozar haqida ketmoqda. Sudning ta'kidlaşiça, Kozar Suriyada mahalliy nasroniylarni IŞID jangarilari ta'qibidan himoya qilgan Suriya harbiy kengaşi faoliyatida iştirok etgan.

Harbiy prokuror Roberto Kolombi özining ayblov hukmida Şveytsariya fuqarolarining xorijiy qurollangan guruh faoliyatida iştirok etişi mamlakat daxlsizligi va uning mudofaa imkoniyatlariga putur yetkazişini ta'kidlab ötgan. Prokurorning ta'kidlaşiça, xorijiy armiyaga köngilli tarzda qöşiliş mahalliy jinoyat kodeksi tomonidan taqiqlangan.

Kozar Suriyaga boriş qarorini u yerdagi nasroniy aholini öz holiga taşlab qöyiş qörqoqlik bölişi bilan tuşuntirgan.