Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirlik oltin va kumush medallarga aloqador ba'zi ma'lumotlarni rad etdi
22 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 154-sonli qarori asosida “Umumiy o‘rta ta'lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risida nizom” tasdiqlangani xabar berilgan edi.
Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur xabar ta'limga ixtisoslashgan ba'zi Telegram kanallarida noto‘g‘ri talqin etilgan, ya'ni oltin medal olgan maktab bitiruvchisiga kirish imtihonlarida to‘plagan umumiy baliga 50 foiz, kumush medal olgan maktab bitiruvchisiga esa 30 foiz ball qo‘shib berilishiga oid noto‘g‘ri ma'lumotlar chop etilayotgani ma'lum qilindi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan Nizomda oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan o‘quvchilarga imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmagan. Oltin va kumush medallar a'lo baholarda o‘qigan o‘quvchilarga berilishi inobatga olinsa, kirish imtihonlarida imtiyozli ballar berilmasa-da, o‘z bilimlarini ko‘rsata olishlari lozim. Qolaversa, Xalq ta'limi vazirligi oliy o‘quv yurtiga kirish uchun talabgor yoshlarga teng imkoniyatlar taqdim etish tarafdori, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni ta'lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, korrupsion holatlarni oldini olish va iqtidorli o‘quvchilar bilimini rag‘batlantirishdan iboratdir.
Xalq ta'limi vazirligi ta'limga ixtisoslashgan ba'zi Telegram-kanallarni tizimga oid asoslanmagan va yolg‘on ma'lumotlarni tarqatmaslikka chaqirgan.
Mavzuga oid
07:29 / 18.02.2026
Qishki Olimpiada: eng ko‘p medal olgan mamlakatlar reytingi
19:39 / 11.02.2026
Singapur Olimpiada g‘olibligi uchun to‘lovlar miqdori bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
20:27 / 01.02.2026
“Fidoyi qutqaruvchi” medalini ta’sis etish rejalashtirilmoqda
12:08 / 05.09.2025