Bugun, 24 fevral kuni Osiyo Olimpiya Kengaşi (OCA) prezidenti Şayx Ahmad Al-Fahad As-Saboh Toşkent şahriga taşrif buyurdi. Martabali mehmon Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida AIBA prezidenti Ğofur Rahimov, MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov boşçiligidagi Milliy olimpiya qömitasi mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan kutib olindi.
As-Saboh bilan birga delegatsiya tarkibida Xalqaro kuraş assotsiatsiyasi prezidenti, Osiyo öyinlari-2018 direktori Haydar Farmon, OCA kotibi Lyusen Alvarez ham Toşkentda bölib turibdi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlisga qilingan murojaatnomada yurtimizda soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş masalalariga alohida e'tibor qaratilgandi. Davlat rahbari öşanda Özbekiston Osiyo öyinlarini ötkaza olişga qodir mamlakat ekanligini ham alohida qayd etib ötgandi.
Şu munosabat bilan Milliy olimpiya qömitasi rahbariyati bu boradagi loyihani hayotga tatbiq etişni boşlab yuborgan. Bu böyiça 2030 yilgi Osiyo öyinlarini Toşkent va Samarqandda ötkaziş böyiça ariza Osiyo Olimpiya Kengaşiga taqdim etilgan. 2030 yilgi Osiyo öyinlarini qabul qiliş uçun Özbekistondan taşqari Qatar, Hindiston va Filippin kabi mamlakatlar da'vogarlik qilmoqda.
As-Saboh boşçiligidagi delegatsiya ikki kun davomida Özbekistonning Osiyo öyinlariga mezbonlik qiliş imkoniyatlarini keng muhokama qiliş maqsadida Özbekistonda böladi.
«Osiyo öyinlarini ötkaziş va qabul qiliş – yirik loyiha hisoblanadi. Taşkilotçilik masalalarida öziga yaraşa yangiliklar va boşqa jihatlar mavjud. Musobaqa uçun sport inşootlarini quriş, Olimpiya şaharçasi, logistika, qulay transport marşruti, yuqori saviyadagi tadbirlarni taşkil qila oliş, translatsiya va boşqa masalalar şular jumlasidandir. Uçraşuv davomida aynan şu kabi masalalarga alohida töxtalib ötiladi», deyiladi MOQ matbuot xizmati xabarida.
Bundan avvalroq, Toşkentda yangi olimpiya stadioni qurilişi mumkinligi, stadion qurilişi uçun dastavval Özbekiston Osiyo öyinlariga mezbonlik huquqini qölga kiritişi lozimligi haqida xabar berilgandi.













