Kolumbiya Migratsiya xizmati rahbari Kristian Kryuger Sarmento mamlakat hukumati Venesuela bilan çegaraning bir qismini yopiş böyiça qaror qabul qilganini ma'lum qildi.
Bunga Şimoliy Santander departamentida gumanitar yordamlar ötişiga qurolli qarşilik körsatilgani sabab bölgan.
«Bugun Şimoliy Santander departamentining turli nuqtalaridagi nazorat-ötkazuv punktlarida röy bergan tartibsizliklar tufayli janob prezident nazorat-ötkazuv punktlari 24 va 25 fevral kunlarida yopiq bölişi haqida qaror qabul qildi», — degan Kryuger.
Uning sözlariga köra, bunday çoralar Maduro rejimi tomonidan infratuzilmalarga yetkazilgan zarar qançani taşkil etganini hisoblaş maqsadida qabul qilingan.
23 fevral kuni Venesuelaga atalgan gumanitar yuk ortilgan ilk 4 ta maşina Kolumbiya va Venesuela çegarasida venesuelalik politsiyaçilar tomonidan qaytarib yuborildi. Bu vaqtda yuklarni kutib oliş uçun çegaraga borgan namoyişçilarga qarşi közdan yoş sizdiruvçi gaz qöllandi. Ayrim ma'lumotlarga köra, çegaraning turli nuqtalarida röy bergan töqnaşuvlar oqibatida 4 kişi halok bölgan, yuzlab kişilar jarohatlangan.













