Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maduro u bilan biror kor-hol yuz bersa xalqni vatanni himoya qilishga chaqirdi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro u bilan biror kor-hol yuz bersa, mamlakat harbiylari va fuqarolarini ko‘chalarga chiqib, mamlakatni himoya qilishga chaqirdi.
“Men xalq va qurolli kuchlarga agar men bilan biror kor-hol yuz bergani haqidagi yangilikni eshitsalar, vatanni himoya qilish uchun ko‘chalarga chiqishga biror soniya shubha qilmaslikni buyuraman”, deb aytgan Maduro.
Venesuela prezidenti bu so‘zlarni uni qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘chalarga chiqqan tarafdorlari oldida aytgan.
Maduro, shuningdek, mamlakatni boshqarayotgani va uni kelgusida ham boshqarishini aytgan.
“Men davlatni hozir va ko‘p yillar davomida boshqarishda har qachongidan qat'iyman, shu daraxt kabi mustahkamman”, deb qo‘shimcha qilgan Maduro.
Mavzuga oid
08:55 / 07.07.2026
Venesueladagi ofat: qurbonlar soni ortib bormoqda
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
08:55 / 30.06.2026