24 fevralda Moldovada parlament saylovlari bölib ötmoqda. Mahalliy vaqt bilan soat 07:00da respublika hududidagi barça 2018 ta saylov uçastkasi öz işini boşlagan.

Avval parlamentning 101 deputati partiya röyxatlari böyiça saylangan bölsa, joriy saylovlar ilk bor aralaş tizim böyiça ötkazilmoqda. Bunda 50 deputat avvalgi sxema böyiça, qolgan 51 nafari bir mandatli okruglar böyiça saylanadi. Saylovlar bilan birga deputatlar sonini 61 nafargaça qisqartiriş masalasi böyiça maslahat qilinadi, ikkinçi masala esa saylovçilar tomonidan deputatning vakolati qaytarib olinişi imkoniyatiga taalluqli böladi. 

Markaziy saylov kmissiyasida ta'kidlanişiça, saylovlar davomida jamoat tartibini saqlaş uçun 4 mingdan köproq politsiyaçi jalb qilingan. 3 mingdan köproq kuzatuvçi saylovlar borişini kuzatadi. Ular orasida YeXHT, MDH va Yevropa Ittifoqi vakillari bor.

Ovoz beriş 21:00da yakunlanadi. Bu saylovlar uçun ovoz beruvçilarning zaruriy qatnaşiş çegarasi bekor qilingan. Partiyalarga parlamentga ötiş uçun 6 foizlik, saylov bloki uçun 8 foizlik çegaradan ötiş lozim. Bir mandatli okruglarda eng köp ovoz töplagan nomzod ğolib böladi. Ilk bor saylovlarning dastlabki natijalari saylov uçastkalari yopilgandan bir soat ötib e'lon qilinadi.