Xitoyning şimolidagi Içki Möğuliston muxtor tumanida joylaşgan kömir qazib oluvçi kompaniyalardan birining yuk maşinasi bilan yuz bergan yöl-transport hodisasi oqibatida 20 kişi halok böldi, 30 kişi jarohat oldi. 

Mahalliy vaqt bilan 23 fevral soat 8.20da Şilin-Gol degan joyda işçilarni konga olib ketayotgan yuk maşinasi avtohalokatga uçragan. Oqibatda 15 kişi voqea joyida, bir kişi şifoxonaga yölda, yana 4 kişi esa şifoxonada jon bergan.

Ta'kidlanişiça, haydovçi tormoz nosozligi sababli boşqaruvni qöldan çiqargan.

Kamida 30 kişi turli oğirlikdagi jarohatlar olgan, ularga tegişli tibbiy yordam körsatilgan.