Davlat rahbari “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqida “Özbekiston yoşlar ittifoqi davlat va jamiyat uçun rahbar kadrlarni tayyorlab beradigan öziga xos markaz bölişi, zamonaviy tilda aytadigan bölsak, yoşlar uçun “sotsial lift” vazifasini bajarişi kerak. U bilimli, taşabbuskor va taşkilotçi, fidoyi yoş rahbarlarning kadrlar zaxirasini yaratişi kerak”, degan fikrni ilgari surgan edi.

Özbekiston yoşlar ittifoqi öz oldiga qöygan maqsadlar sari dadil qadam taşlaşda davom etmoqda. Qisqa vaqt içida taşkilot öz bağridan mamlakatimizga sodiq xizmat qiladigan, fidoyi yoşlarni şakllantirib, uçirma qilişga erişdi. Çunonçi, 2018 yilning avgust oyida Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi raisining birinçi örinbosari Odiljon Tojiyev Toşkent viloyati hokimining örinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Bugun uning safdoşlari soni ortmoqda. Joriy hafta avvalida Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaş raisi örinbosari Ötkir Şukurov Andijon viloyati hokimi örinbosari lavozimiga kirişgan edi.
Kuni keça 3 nafar salohiyatli kadr ham munosib lavozimlarga tayinlandi. Şu vaqtga qadar Özbekiston yoşlar ittifoqi Zangiota tuman Kengaşi raisi lavozimida işlab kelgan Sirojiddin Nosirov Toşkent viloyatining ma'muriy markazi Nurafşon şahri hokimining Yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va manaviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari etib tayinlangan bölsa, Ittifoqning Nurafşon şahar Kengaşi raisi lavozimida faoliyat olib borgan Baxtiyor Şirov Toşkent viloyati hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar işlari böyiça viloyat idoralararo komisciyasining mas'ul kotibi lavozimiga, taşabbuskor va serğayratligi bilan katta jamoaning nufuzini kötargan Respublika yoşlar markazi Toşkent şahar bölinmasi direktori Husan Bekmurodov Toşkent viloyati Qibray tumani hokimining Yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari etib tayinlandi.











