Angliya çempionatining 27-turida «Mançester Yunayted» va «Liverpul» özaro durang öynadi. Mançesterdagi «Old Trafford» stadionida keçgan uçraşuvda hisob oçilmadi - 0:0.
Öyinning birinçi bölimi keskin kuraşlar ostida ötdi va birinçi bölimdayoq «Mançester Yunayted» boş murabbiyi Ole-Gunnar Sulşer uçta majburiy özgarişni amalga oşirdi, jarohat tufayli maydonni Ander Errera, Xuan Mata va Jyessi Lingard tark etişdi. «Liverpul» esa Roberto Firminodan ayrildi.
Bu durang natijadan keyin «Liverpul» oçkolari sonini 66 taga yetkazib, birinçi öringa çiqib oldi, ammo Klopp şogirdlari «Mançester Siti»dan uzoqlaşib ketiş imkoniyatidan foydalana olişmadi, «şaharliklar» hisobida 65 oçko mavjud. «Mançester Yunayted» esa 52 oçko bilan beşinçi öringa tuşib qoldi.
Keyingi turda «Liverpul» «Uotford»ni qabul qiladi. «Mançester Yunayted» «Kristal Pelas» mehmoni böladi. Ikki öyin ham 27 fevralga belgilangan.
«Arsenal» bu turda «Sauthempton» ustidan ğalabaga erişdi. Londondagi «Emireyts» stadionida keçgan uçraşuv maydon egalarining 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Öyindagi ikki golni ham «Arsenal» futbolçilari öyin boşidayoq urişdi, 6-daqiqada Aleksandr Lyakazett Genrix Mxitaryanning pasidan keyin hisobni oçdi, 17-daqiqada uning özi Mxitaryanga golli pas uzatdi.
Bu ğalabadan keyin «Arsenal» oçkolari sonini 53taga yetkazdi va turnir jadvalida «MYu»ni quvib ötdi. «Sauthempton» 24 oçkosi bilan 18-örinda qoldi.
APLning keyingi turida APL «Arsenal» «Bornmut» bilan kuç sinaşadi, «Sauthempton» esa «Fulhem» bilan öynaydi.
Angliya çempionati
27-tur
Mançester Yunayted – Liverpul 0:0
Mançester Yunayted – De Xea, Yang, Smolling, Şou, Lindelef, Pogba, Errera (Pereyra, 21), Maktomini, Mata (Lingard, 25; Sançes, 43), Reşford, Lukaku.
Liverpul – Alisson, Roberson, van Deyk, Matip, Xenderson (Şakiri, 72), Milner, Veynaldum, Fabino, Mane, Firmino (Starrij, 31), Saloh (Origi, 79).
Ogohlantirişlar: Milner (23), Yang (81), Şakiri (83), Veynaldum (90).
Arsenal – Sauthempton 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 6 Lyakazett, 2:0 – 17 Mxitaryan.












