Huawei kompaniyasi MWC 2019 ko‘rgazmasida 5G tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlovchi bukiluvchi smartfon Mate X’ni taqdim qildi.

Qurilma yoyilgan holda ekrani diagonali 8 dyuymni, bukilgan holatda esa 6,6 va 6,3 dyuymni tashkil qiluvchi OLED-ekran olgan.

Foto: Chris Velazco/Engadget
Foto: Chris Velazco/Engadget

Smartfon 3 ta kamera bilan jihozlangan bo‘lib, ularni ham old, ham orqa kamera sifatida ishlatsa bo‘ladi. Buning uchun bukilgan smartfonni boshqa tomoni bilan o‘girish kerak.

Foto: Chris Velazco/Engadget

Qurilma ikkita batareya olgan bo‘lib, ularning umumiy quvvati 4500 mA-soatni tashkil qiladi. Smartfon 55 Vatt quvvat bilan quvvatlanadi. Smartfon 7 nanometrli protsessorda ishlaydi.

Foto: Chris Velazco/Engadget
Foto: Chris Velazco/Engadget

Smartfon 2019 yilning o‘rtalaridan sotuvga chiqarilib, narxi 2299 dollarni tashkil qiladi.