Xabar berib ötganimizdek, şu kunlarda Osiyo Olimpiya Kengaşi prezidenti Şayx Ahmad Al-Fahad Al-Saboh yurtimizda mehmon bölib turibdi. Unga taşrif davomida Xalqaro kuraş assotsiatsiyasi prezidenti, OOK Osiyo öyinlari departamenti direktori Haydar Farmon va OOK kotibi Lyusen Alvarez hamrohlik qilmoqda.
Bugun, 25 fevral kuni Milliy olimpiya qömitasi prezidenti Umid Ahmadjonov Osiyo Olimpiya Kengaşi prezidenti Şayx Ahmad Al-Fahad As-Saboh bilan uçraşuv ötkazdi. Uçraşuvda AIBA prezidenti Ğofur Rahimov ham iştirok etdi. MOQ axborot xizmati xabariga köra, unda tomonlar 2030 yilgi Osiyo öyinlarini Özbekistonning Toşkent hamda Samarqand şaharlarida ötkaziş masalalarini muhokama qilişdi.
Uçraşuv davomida, şuningdek, yirik kompleks musobaqa uçun yangi sport inşootlari va Olimpiya şaharçasini quriş, logistika, qulay transport marşruti, yuqori saviyadagi tadbirlarni taşkil qila oliş mexanizmi, öyinlar translatsiyasi va boşqa masalalar yuzasidan fikr almaşildi.

Qayd etilişiça, XXI Osiyo öyinlarini qabul qiliş uçun Özbekistondan taşqari Qatar, Hindiston va Filippin kabi mamlakatlar da'vogarlik qilişmoqda.
«Uçraşuv davomida OOK prezidenti Özbekistonda Osiyo öyinlarini ötkaziş uçun imkoniyatlar yuqoriligi, mamlakat hattoki bu böyiça yetarli ustunliklarga ega ekanligini aytib ötdi. Martabali mehmon Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan islohotlar va sportga qaratilayotgan e'tibor bu borada muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib ötdi. Şuningdek, Özbekiston bungaça Osiyo öyinlarini qabul qilmaganligi, bu esa musobaqa geografiyasini oşirişga hizmat qilişi va uşbu kuraşda mamlakatimizning imkoniyatlarini yaxşigina oşirişini qayd etib ötdi», – deyiladi xabarda.
Muzokaralar yakuniga köra, Özbekiston Osiyo Olimpiya Kengaşining navbatdagi Assambleyalaridan birida Osiyo öyinlari-2030 mezbonligi böyiça öz taqdimotini ötkazişiga kelişib olindi.

Eslatib ötamiz, OOK prezidenti Şayx Ahmad Al-Fahad As-Saboh keça, 24 fevral kuni Toşkentga kelgandi. Taşrif davomida unga Xalqaro kuraş assotsiatsiyasi prezidenti, OOK Osiyo öyinlari departamenti direktori Haydar Farmon va OOK kotibi Lyusen Alvarez hamrohlik qilmoqda.












